Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Suv xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Suv xo‘jaligi vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. 

Xususan, Butunbayev Timur Nuryigitovich suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan.

T.Butunbayev 1986-yil 6-noyabrda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2009-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Quvondiqov Habibulla Otaqulovich esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. 2023-yil iyuldan beri bu lavozim bo‘sh turgandi.

H.Quvondiqov 1978-yil 13-iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, moliya-kredit, moliyaviy tahlil, sug‘urta, umumiy menejment, MBA Biznes boshqaruvi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring