Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadqiqot. Nima uchun ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq yashaydi?

Tadqiqot. Nima uchun ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq yashaydi?

Foto: «GoGetNews»

Gemaniya va Daniyaning bir guruh tadqiqotchilari ayollarning biologik xususiyatlari sabab ular erkaklarga qaraganda ko‘proq yashashlarini aniqlashdi.

Olimlar Ispaniyadagi qizamiq epidemiyasi, Irlandiya, Shvetsiya, Ukrainadagi ochlik vaqti va Trinidad orolidagi qul savdosi davomida hayot davomiyligini tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Trinidaddan boshqa barcha joyda erkaklarga qaraganda ayollar uzoq umr ko‘rishgan.

Shuningdek, Irlandiyadagi ochlik davrida erkaklarning o‘rtacha hayot davomiyligi 17-18 yil, ayollarniki esa 22 yilni tashki etgan. Epidemiyaga qadar har ikki jins vakillari 38 yilgacha umr ko‘rishgan.

Tadqiqotchilar buni biologik sabablar bilan bog‘lashmoqda. Biroq ayollarning afzalliklari haqida aniq fakt yo‘q. Shu o‘rinda, mutaxassislar erkaklarning umri kamayishiga immun tizimining buzilishi va testosteronning yuqori darajada ishlab chiqilishi ham sabab ekanini ta’kidlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring