Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabadan besh ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Talabadan besh ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Buxorodagi Osiyo xalqaro universiteti talabasi bo‘lgan qizning o‘qishini boshqa institutga ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi vakilining «Xabar.uz»ga bildirishicha, ushbu shaxs o‘z «xizmati» evaziga talabadan 5 ming AQSh dollari talab qilgan.

Ta’kidlanishicha, holat joriy oyning 13-fevral kunida sodir bo‘lgan. O‘z o‘qishini boshqa bir institutga ko‘chirishni istagan Osiyo Xalqaro instituti talabasi Sh.M.anchadan buyon ishonchini suiste’mol qilib kelayotgan fuqaro R.Ch. o‘z «xizmati» evaziga uni yirik miqdorda pora berishga dalolat qilayotganini bildirishga majbur bo‘lgan.

Kelib tushgan shikoyat arizasi yuzasidan Buxoro viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda departamentning Buxoro shahar bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.Ch. Buxoro Innovatsion tibbiyot texnikumi binosi oldida kimyoviy ishlov berilgan 2000 AQSh dollarini avans tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda R.Ch.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring