Ta’lim muassasasida telefon ishlatganga qanday jazo bor?

Adliya vazirligining kanalida ta’lim muassasalarida telefon ishlatishga nisbatan qanday chora qo‘llanilishi haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilganda quyidagi ta’sir choralari qo‘llaniladi:
— ogohlantirish
— ta’lim oluvchilarning kundalik daftariga yozib qo‘yish;
— ularning ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
Talablar buzilganda har qanday pedagog xodim ta’lim oluvchidan mobil telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni mobil telefon bilan birga ta’lim muassasasi (fakultet) direktoriga (dekaniga) yoki sinf rahbariga (kuratorga) berish huquqiga ega. Bunda mobil telefon faqat o‘quvchining ota-onasiga qaytarib beriladi.
Ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarga tegishli bo‘lgan mobil telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, qoidalar buzilganda mobil telefonning olib qo‘yilish holatlari bundan mustasno.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter