Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Maroqand neft bazasi»ning Bulung‘ur va Jomboy filiallarida 73 mlrd 775 mln so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi

«O‘zbekneftgaz»: «Maroqand neft bazasi»ning Bulung‘ur va Jomboy filiallarida 73 mlrd 775 mln so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga asosan, tizimdagi korxonalarda moliyaviy va komplayens nazorati yo‘nalishida korrupsiya, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishga, ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, «O‘zbekneftgaz» AJ Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti xodimlari tomonidan «Maroqand neft bazasi» MChJda neft mahsulotlarining navbatdan tashqari inventarizatsiyasi o‘tkazilmoqda.

O‘rganishlar jarayonida, Bulung‘ur va Jomboy filiallarida neft mahsulotlari inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, vertikal po‘lat sig‘imlarga (RVS) qasddan texnik o‘zgartirish kiritish va qo‘lbola usulda sig‘im ichiga temir quvur joylashtirilganligi aniqlandi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Bulung‘ur filialida jami 22 125,3 mln. so‘mlik 2 612,9 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yilganligi va katta miqdorda talon-taroj qilinganligi holati aniqlandi, jumladan:

- Ai-80 avtobenzinidan 18 340,4 mln.so‘mlik 2 382,1 tonna;
- EKO markali dizel yoqilg‘isidan 705,8 mln.so‘mlik 44,1 tonna;
- TDL-05 markali dizel yonilg‘isidan 1 752,1 mln.so‘mlik 111,6 tonna;
- TD-K5 yevro markali dizel yoqilg‘isidan 1327,0 mln.so‘mlik 75,1 tonna.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Jomboy filialida esa jami 51 649,7 mln. so‘mlik 4441,2 tonna neft mahsulotlari kamomadi aniqlandi, jumladan:

- Ai-80 avtobenzini 18029,6 mln. so‘mlik 2341,7 tonna
- YeVRO K-5 dizel yonilg‘isi 81,7 mln. so‘mlik 4,6 tonna
- Dizel yonilg‘isi 1516,3 mln. so‘mlik 92,3 tonna
- EKO dizel yonilg‘isi 32022,1 mln. so‘mlik 2002,5 tonna

Bulung‘ur va Jomboy filiallarida jami 73775,0 mln. so‘mlik 7054,1 tonna neft mahsulotlari kamomadi aniqlandi. Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti va boshqa tegishli departament mutaxassislari tomonidan inventarizatsiya davom ettirilmoqda.

Aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish va kamomadlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida, to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga tegishli tartibda taqdim etildi.

O‘rganishlar jarayonida, Bulung‘ur filiali moddiy javobgar shaxsi X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, 7 ta vertikal po‘lat sig‘imlarga (RVS) qasddan texnik o‘zgartirish kiritish va qo‘lbola usulda sig‘im ichiga temir quvur joylashtirilgani hamda buning natijasida tezkor ma’lumotlarga ko‘ra jami 21 494,7 mln. so‘mlik 2 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yilganligi va katta miqdorda talon-taroj qilinganligi holati aniqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Maroqand neft bazasi» MChJning xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan jami 11 nafar mas’ul mansabdor shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan, 6 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan edi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring