Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tartib qoidani buzganlar 2 yil imtihonga kiritilmasligi ma’lum qilindi

Tartib qoidani buzganlar 2 yil imtihonga kiritilmasligi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Shartnoma asosida Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan fuqarolar uchun joriy yil 20-29-oktyabr kunlari maxsus test imtihoni o‘tkazilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Maxsus test imtihonida 1607 nafar fuqaro ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bugungi kungacha Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida karantin qoida va talablariga rioya qilgan holda 500 dan ziyod fuqaro test imtihonini topshirgan.

Maxsus test imtihoni o‘tkazilayotgan maxsus xonada korrupsiya holatlarini oldini olish, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Test jarayoni Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati mas’ul xodimlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Fuqarolar uchun test jarayonlarini onlayn tarzda kuzatish imkoni yaratilgan.

IIB va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ul xodimlari testga kiruvchilarni tegishli hujjatlari, fuqarolik pasportlarini tekshirmoqda.

«Afsuski, ba’zi noqonuniy xatti-harakatlar, ya’ni test qatnashchilari imtihonga o‘z o‘rniga o‘zga shaxslarni kiritishga bo‘lgan urinish holatlari kuzatilmoqda. Agentlik va IIB xodimlari hamkorligida 21 oktyabrda 8 nafar, 22 oktyabrda 2 nafar fuqaro imtihonga o‘zga pasport bilan kirishga uringani aniqlandi. Imtihonga kirishga uringan shaxslar tegishliligi bo‘yicha tuman IIB xodimlariga topshirildi.

Yuqoridagi kabi tartibbuzarliklarni amalga oshirgan fuqarolar hamda fuqarolik pasporti egalari Koreya Respublikasining talabiga binoan test imtihoniga 2 yil muddatgacha kiritilmasligi haqida eslatib o‘tamiz. Fuqarolardan maxsus test imtihoni tartib qoidalariga qat’iy tartibda rioya qilishlarini so‘raymiz», — deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring