«Tashabbusli budjet»da aholi va davlat sherikchiligi yo‘lga qo‘yiladi

«Tashabbusli budjet» jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yildan boshlab ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Bunda, tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi budjetidan moliyalashtiriladi.
Loyihalar sheriklik asosida moliyalashtirilganda:
- ovoz berishda ishtirok etmagan holda g‘olib deb topiladi;
- tegishli mahallalarga tanaffus berish amaliyoti qo‘llanmaydi.
Shuningdek, 2025-yil 1-oktyabrga qadar «Ochiq budjet» axborot portalida «Tashabbusli budjet» doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning interaktiv xaritasi ishga tushiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter