Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi o‘zbek fuqarolari murojaatiga izoh berdi

Bir qator OAVda Xitoy Xalq Respublikasiga o‘qish uchun jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolarining videomurojaatlari tarqalgan edi. Mazkur murojaatlarda ular o‘zlarini yuborgan agentlik tomonidan shartnomaning ayrim bandlari bajarilmayotgani borasida shikoyat qilishgan.
Tashqi ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi murojaatchilar bilan aloqa o‘rnatdi va mazkur masalani nazoratga oldi.
«TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarining ularni xorijga jo‘natgan kompaniyaga nisbatan talablari qonuniyligini tekshirib ko‘rish uchun vakolatli organlarga so‘rovnoma yo‘lladi va hozirda mazkur idoralarning tegishli xulosasini kutmoqda» deyiladi xabar yakunida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter