Prezidentning navbatdagi tashrifi, DXX haqidagi qonun, «Yashirin kamera» mojarosi, shifoxonaga tushgan Anvar qori, Toshkentdagi afg‘onistonliklar va boshqa xabarlar
Bugun, 6-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
DXX haqidagi qonun
DXXning asosiy vazifasi belgilandi
Qonunning 2-moddasida DXXning asosiy vazifalari belgilangan.
Qonun kuchga kirdi. DXX qanday faoliyat olib boradi?
Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini maxsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir. Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Davlat xavfsizlik xizmatining majburiyatlari nimalardan iborat?
DXX davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi, davlat organlarida va tashkilotlarda maxfiylik rejimini ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etishi mumkin.
DXX qanday holatlarda kuch va qurol ishlatadi?
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari o‘ziga biriktirilgan o‘qotar qurol va maxsus vositalarni xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega bo‘ladi.
DXX xizmatchilari ushlab turilishi va qamoqqa olinishi mumkin emas
Qonunning 37-moddasi «Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari» deb nomlanadi. Unga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlikka ega bo‘ladi.
DXX xizmatchilari fuqaro avtomobilidan foydalanishi mumkin
Qonunning 30-moddasi «Davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish» deb nomlanadi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylandi
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi
Bu yerda tajriba-ishlab chiqarish jarayoni xalqaro «GMP» standartiga muvofiq modernizatsiya qilinmoqda. Buning natijasida yiliga 500 tonnadan ziyod o‘simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. Joriy yildan 30 dan ortiq tabiiy toza, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Xorijiy investitsiyalarning ma’lum qismi ilm-fanga yo‘naltiriladi
Olimlar Prezidentning kecha qabul qilingan «Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ularga katta xursandchilik, moddiy va ma’naviy rag‘bat bag‘ishlaganini alohida qayd etdilar. Mamlakatda ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Navbat Yashnobodga! Prezident harbiylar uchun qurilayotgan uylarni borib ko‘rdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 – 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bu yerda 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev AKT-maktab binosi qurilishi bilan tanishdi
Prezidentimizning 2017-yil 14-sentabrdagi qaroriga muvofiq Toshkentda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Ashxobod bog‘iga tashrif buyurdi
Bog‘ Turkmaniston manzarasini aks ettiruvchi dizayn asosida bunyod etilgan. Zamonaviy attraksionlar o‘rnatilgan, umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar maskanlar qurilgan.
Prezident «Toshkent City» inshootlarini foydalanishga topshirish muddatini aytdi
Yigirma qavatdan iborat besh yulduzli mehmonxona eng zamonaviy qulayliklarni o‘zida mujassam etadi. Ushbu mehmonxonada ham nufuzli anjumanlar o‘tkazish uchun zallar, restoranlar, salonlar, basseynlar quriladi. Ikkala inshootdan bir-biriga maxsus ko‘prik orqali o‘tish mumkin bo‘ladi.
Jamiyat
O‘zbekistonning eng yosh deputati Rishtondagi xalq kutubxonasi borasida deputatlik so‘rovi yubordi
Deputatlik so‘rovida ko‘chirish muddatini uzaytirishni so‘ragan.
Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirdi
1981-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001-yil Toshkent islom institutini tamomlagan.
Tojikistonliklarni yurtimizda nimalar hayratlantirmoqda?
Tojikistonliklarning aytishicha, ularda A-80 markali arzon benzin yo‘q, A-91, A-93 va A-95 markali benzinlar bor. Ularning narxi esa bizning so‘mda hisoblaganda 6500-7500 so‘m atrofida. Shuning uchun ham mamlakatimizga o‘z mashinasida o‘tgan tojikistonliklar mashinalarining bakini bizdagi narxi 3800 so‘m bo‘lgan A-80 markali benzinga to‘ldirib olishmoqda.
«MY5»da ko‘rsatilgan qiz o‘z joniga qasd qilgani yolg‘on bo‘lib chiqdi (video)
«Qalampir.uz» saytida «MY5» telekanali orqali efirga uzatilgan ushbu ko‘rsatuvda kamera ob’yektiviga nojo‘ya holatda tushib qolgan qizlardan biri o‘z joniga qasd qilgan, degan xabar tarqatilgan edi. Unda yozilishicha, qiz tinchlantirish uchun iste’mol qilinadigan «Dimedrol» dori vositasidan ko‘p miqdorda ichgan va oradan ko‘p o‘tmay, u 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
«Maxsustrans» chiqindilarni olib chiqib ketish uchun narxlarni oshirdi
Mazkur tarif qiymati xonadonda istiqomat qiluvchi har bir kishi, ya’ni jismoniy shaxs uchun 3900 so‘m deb belgilandi. Ilgari bu miqdor 3500 so‘m edi.
Afg‘onistonliklar juma namozini Toshkentda o‘qishdi (video)
Namoz yakunida imom hazratlari afg‘onistonlik mehmonlarni o‘z yoniga chorladi va mehmonlardan biri chiroyli tarzda Qur’on tilovat qilib berdi. Shundan keyin tashrif buyuruvchilar haqiga, Afg‘onistonda ham tinchlik bo‘lishini tilab duo qilindi hamda ibodatga yakun yasaldi.
Ta’lim
Xalqaro jurnalistlar endi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tayyorlanadi
Farmonga ko‘ra bir oy muddatda JIDU faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlanadi. Loyihada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)da «Xalqaro iqtisodiyot va menejment» hamda «Xalqaro jurnalistika» mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashning yangi yo‘nalishlari joriy qilinadi.
Sport
Konor Makgregor qamoqqa olindi (video)
Ta’kidlashlaricha, avtobusda rossiyalik mashhur jang ustasi Habib Nurmagomedov ham bo‘lgan.
Texnologiya
Xolon texnologiya instituti doktori: «Innovatsion taraqqiyotga Al-Xorazmiy kashfiyotlari asosdir»
Konferensiya ishtirokchilaridan biri asli matematika, algebra al-Xorazmiydan boshlanadi, degan fikrni aytdi. Darhaqiqat, u o‘z davrining, balki barcha zamonlarning ham eng buyuk matematigidir.
Iqtisodiyot
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibi yanada takomillashtiriladi
Fiskal xotirali onlayn nazorat-kassa mashinalarining joriy qilinishi savdo qoidalariga rioya etilishini tartibga solish bilan birga soliq nazorati jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Dunyo
Eron prezidenti «Telegram»ni bloklash taklifiga qarshi
Hukumat amaldorlari mazkur messenjer aholining norozilik namoyishlarini o‘tkazishida vosita bo‘layotganidan g‘azabda.
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 24 yil qamoq jazosiga hukm qilindi
Seul markaziy sudi o‘tgan yilning bahorida korrupsiya va boshqa qator jinoyatlarda ayblanayotgan Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni 24 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
«Telegram»ni Rossiyada bloklash bo‘yicha sudga ariza berildi
«Roskomnadzor» idorasi «Telegram» tomonidan shifrlash kalitlari berilmagani uchun messenjer axborot resurslariga kirishni cheklash bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
AQSh rus oligarxlariga qarshi sanksiyalar kiritadi
Sanksiyalar 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashgan Rossiya hukumati bilan yaqin aloqada bo‘lgan oligarxlarga qarshi qo‘yiladi.
Peskov «Telegram»ning bloklanishi bo‘yicha izoh berdi
«To‘g‘ri, biz «Telegram»dan foydalanamiz, masalan, jurnalistlar bilan muloqotda. Agar mazkur ishda kelishuv yo‘li topilmasa juda achinarli holat bo‘ladi. Ammo qonun — qonun, agar unga bo‘ysunilmasa, biz muqobil variantlarni izlashga majburmiz».
Tavsiya qilamiz
Aks-sado: «Qayerdasiz, «Zulfiyachi»lar?»
Mening ham bu borada ko‘plab savollarim bor. O‘sha siz aytgan qishda pechkada suv isitib, sham yorug‘ida soch quritayotgan, tashqariga chiqib, o‘tin yorib choy damlayotgan qishloq qizlari bu mukofotning aksariyat sovrindorlari ekanini bilasizmi? Hatto poytaxt Toshkent shahri nomidan bu mukofotga sazovor bo‘lgan qizlar ham ko‘pchiligi poytaxtga uzoq qishloqlardan kelib o‘qiyotgan,...
Ajratilgan puldan to‘g‘ri foydalanilsa, o‘qituvchilarni jamoat ishlariga jalb etishga hojat qolmaydi
Eng keng tarqalgan va ko‘pchilik e’tirof etadigan holatlardan biri muallimlarning yuqori tashkilot vakillari, yuqori lavozim egalari tomonidan pedagogik faoliyatga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, jumladan hududlarni tozalash, obodonlashtirish, makulatura va metallom yig‘ish, paxta terish kabi ishlarga «ixtiyoriy-majburiy» ravishda ochiqdan-ochiq jalb etilishidir.
Dunyoni nega yahudiylar boshqaradi?
Yahudiylar omadining bosh siri ta’lim bilan bog‘liq. O‘rganish va ta’lim olishda diniy va axloqiy qonun-qoidalarning o‘rni yuqori. Isroilda homilador ayollarning musiqa tinglashi, pianino chalishi hamda matematika kitoblarini o‘qishi azaliy qadriyatga aylangan.
Haydovchilik madaniyatiga havas bilan qaray olmaymiz. Misol uchun, ko‘p kuzatdim, piyodalar yo‘lakchasida avtomashinalar to‘xtab, piyodani o‘tkazayaptimi, demak, yo kuzatuv kamerasi bor, yo sal nariroqda DYHXB xodimi. Albatta, bu umumiy xulosa, ya’ni faqat salbiy tomonlari tilga olinmoqda. Qoidalarga rioya qiladigan haydovchilar ham talaygina.
«Ipotekabank» mijozlari o‘gaymi?
Bank va mijoz o‘rtasidagi kredit shartnomasi talablariga muvofiq oylik qarz miqdorini masofadan turib ya’ni internet banking xizmati yordamida to‘lamoqchi bo‘ldim. Ammo «Click.uz», «Payme» singari mobil ilovalar ro‘yxatida «Ipotekabank» yo‘q ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter