Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Podpolkovnik Xoliqov Azimjon Yusupovich Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Xoliqov Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Soyibov O‘ktamjon Yoriyevich Buxoro viloyati IIB Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O‘.Soyibov Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i v.b. lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Abramov Jahongir Erkinovich Sirdaryo viloyati IIB Boyovut tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar J.Abramov Sirdaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring