TEMU O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Xitoyning TEMU marketpleysi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, marketpleys O‘zbekiston Respublikasi rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq TEMU O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagani sababli unga kirish cheklanishi xabar berilgandi. Aholidan ushbu marketpleysdan savdo qilmaslik, mavjud buyurtmalarni bekor qilish so‘ralgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter