Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tergov departamenti tizimida lavozim o‘zgarishlari yuz berdi

Tergov departamenti tizimida lavozim o‘zgarishlari yuz berdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan  tergov departamenti tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari —IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ashropov Ramazon Axmatxo‘jayevich  egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Shunindek, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili — mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i, podpolkovnik Ganiyev Elyorbek Ulugbekovich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring