Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez boyib ketish»ni va’da qiluvchi soxta treningchilar javobgarlikka tortiladi

«Tez boyib ketish»ni va’da qiluvchi soxta treningchilar javobgarlikka tortiladi

«Tez boyib ketish» va «oson pul topish yo‘llarini o‘rgataman» kabi e’lonlar bilan turli vebinar va seminar-treninglar o‘tayotgan shaxslar faoliyati tartibga solinadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

«Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan ma’rifiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Yangi qonun loyihasida ushbu faoliyatni tartibga solish mo‘ljallangan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan qo‘shimchalar bilan maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lmagan yoki faoliyat huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda ma’rifiy faoliyat tushunchasi ochib berilib, bu faoliyatni amalga oshirish talablari ko‘rsatilmoqda. Ma’rifiy faoliyatni olib borish taqiqlangan shaxslar toifasi belgilab berilmoqda.

Muhokamalar davomida qonun loyihasi qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring