Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez yordam»ga eng ko‘p chaqiruv tushadigan hududlar uchligi ma’lum bo‘ldi

«Tez yordam»ga eng ko‘p chaqiruv tushadigan hududlar uchligi ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

2022-yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatimiz bo‘yicha «Tez yordam»ga jami 6 million 245 ming 280 ta chaqiriq kelib tushdi. Shundan 570 ming 817 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. 

Eng ko‘p murojaat Farg‘ona (719 341 ta), Andijon (666 206 ta), Toshkent viloyati (623 095 ta) va Toshkent shahri (622 578 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning yanvar-iyun oylarida yurtdoshlarimizdan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 5 million 811 ming 380 ta chaqiriq kelib tushgan edi.

Ma’lumki, bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasining oldini olish, uning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, xususan, chaqiriqlarni tezkor qabul qilish va bemorlarga sifatli tez yordam ko‘rsatish maqsadida «103» xizmati brigadalari aholiga tunu kun xizmat qilmoqda.

— Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida «Tez yordam»ga koronavirusga chalingan va kasallikka gumon qilingan bemorlar bo‘yicha 11 ming 157 ta chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yuldashev.

— So‘nggi haftalarda yurtimizda kasallanish holatlari va «103» xizmatiga murojaatlar soni ortishi kuzatilmoqda. Shu bois ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab ixchamlashtirilgan tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etilyapti. Bu esa chaqiruv manzillariga o‘z vaqtida yetib borish va kechikishlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring