Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Tog‘-kon va geologiya vazirligi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

2025-yil 5-sentyabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov rahbarligida markaziy apparat departament, boshqarma, bo‘limlar boshliqlari, tizimosti korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Vazir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalari, ilmiy izlanishlar, transforamsiya va raqamlashtirish jarayonlarining jadal olib borilayotganini qayd etgan. 

Yig‘ilishda Feruza Rustamovna Xamidovaning Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.

Shuningdek, Omonulla Zabixullayevich Nasritdinxodjayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etilgani qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring