Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonga tashrif, Rog‘un muammosiga yechim, valyutani naqdlashtirish, «Bilayn» zararni qoplaydi, maktabdagi komissiya bahonasi, bekor bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinlari va boshqa xabarlar

Tojikistonga tashrif, Rog‘un muammosiga yechim, valyutani naqdlashtirish, «Bilayn» zararni qoplaydi, maktabdagi komissiya bahonasi, bekor bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinlari va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 9-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi. Birinchi kun

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Muzokara yakunlari bo‘yicha Prezidentlarning Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma, Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan jami 25 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyevni Imomali Rahmon kutib oldi

Tashrif chog‘ida oliy darajadagi muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zaro tashriflarini osonlashtirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Fotogalereya. Shavkat Mirziyoyevni qanday kutib olishdi?

Kutib olish marosimidan keyin prezidentlar tor va keng doiradagi uchrashuvlarni o‘tkazish uchun «Qasri Millat» saroyiga yo‘l olishdi. Kortejni kuzatish uchun yo‘lning ikki tomonida 12 ming talaba-o‘quvchilar kutib olishdi.

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi (foto)

Ikki mamlakat hukumatlariga o‘zaro savdo hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilish masalalarini o‘rganish topshirildi. Foydalanilmayotgan zaxiralarni ishga solish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi, turli qo‘shma ishchi guruhlar tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilagan. Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari tufayli qisqa muddatda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Tojikiston bilan munosabatlardagi dolzarb masalalar hal etildi.

O‘zbekiston — Tojikiston. Hal qilinmagan masala qolmadi (foto)

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi doirasida umumiy qiymati 143 million dollardan ortiq savdo shartnomalari va kooperatsiya bitimlari, shuningdek, O‘zbekiston banklari tomonidan savdoni moliyalashtirishga 100 million dollar mablag‘ ajratish to‘g‘risida bitim imzolangani ta’kidlandi.

No comment. Mirziyoyev Tojikistonda qanday kutib olindi? (video)

Dushanbe shahridagi «Qasri Millat» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tojikistonga tarixiy tashrif. Birinchi kun (video)

Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan jami 27 ta hujjat imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonga kitob sovg‘a qildi

Yaqinda O‘zbekistonda Jomiyning asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, «Muhabbat maxzani» nomi ostida chop etilgan edi. Prezident so‘zboshisi bilan nashr qilingan ushbu kitob Tojikiston rahbariga katta mamnuniyat bag‘ishladi.

Prezidentlar G‘alaba – Amuzang – Xushadi temir yo‘l tarmog‘ini ochib berishdi

Ko‘rgazma ikki qismda tashkil etilgan. 1500 metr kvadrat yopiq manejda «O‘zeltexsanoat», «O‘zkimyosanoat», «O‘zto‘qimachiliksanoat», «O‘zbekipaksanoat», «O‘zbekcharmpoyabzali», «O‘zbekneftegaz», «O‘zfarmsanoat», «O‘zqurilishmateriallari», «O‘zbekoziqovqatxolding», «O‘zsharobsanoat», «O‘zmetkombinat» kabi yirik kompaniya va assotsiatsiyalar mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash bo‘yicha astoydil harakat boshladik»

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida xalqlarimiz do‘stligining shonli an’analari bugun suv va havodek zarurligi, ushbu bebaho merosni asrab-avaylash va rivojlantirish kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ochiq ko‘rgazmasida (fotoreportaj)

Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Mirziyoyevning xorijdagi fuqarolarga nisbatan munosabati o‘zgargan

Davlat rahbari o‘tgan yili O‘zbekiston viloyatlariga qilgan safarida ijro hokimiyatining mavjud xatolariga ishora qilgan. U qonunni buzganlarni, hayotini diniy-ekstremizm bilan bog‘lab, so‘ng xatosini tushunib yetganlarni jamiyatdan haydash mumkin emasligini ta’kidlagan. 

Rog‘un GES masalasiga yechim topildi (video)

Suv muammosi Markaziy Osiyo xalqlari uchun eng jiddiy masalalardan biri sanaladi. Shu muammo tufayli Orol inqirozi yuzaga keldi, hududda cho‘llanish kuchaydi va eng muhimi o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetgan davrlar ham bo‘ldi. Demak, bu masalaning yechimi bo‘yicha har qanday samarali loyiha diqqatga sazovor.

Iqtisodiyot

Mobil kompaniyalarning daromad solig‘i stavkasi oshirildi

Endilikda rentabellik darajasi 20 foizgacha bo‘lganda mobil operatorlar uchun daromad solig‘i stavkasi 14 foizni tashkil etadi.

Yelim paketlarni pullik qilish taklif etildi

Polimer yelim xaltalar ishlab chiqaruvchilari va buyurtmachilariga savdo nuqtalarida nazorat-kassa mashinalari skanerlarida hisoblanishi uchun paketlarga maxsus kodlar tushirish majburiyatini yuklash taklif qilinmoqda.

1 apreldan naqd xorijiy valyuta sotib olish mumkin

Bundan tashqari Markaziy bank tomonidan 1 aprelga qadar jismoniy shaxslarga tegishli hisob raqamlaridagi xorijiy valyutani masofaviy boshqarish tizimini ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Avto

«Ravon» brendi «Mercedes-Benz», «Audi», «Suzuki», «Peugeot» kabi nomdor markalarni ortda qoldirdi

«Ravon Gentra» ham «o‘ziniki»lardan ortda qolgani yo‘q: o‘tgan yilning sentyabr oyida u «C-High Low Cost» klassida ikkinchi o‘rinda qayd etilgandi.

Turizm

Buxoroda «muallaq turuvchi alloma» paydo bo‘ldi

Bugun esa Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida Buxoroda «muallaq turuvchi alloma» aks etgan yana ikki attraksion paydo bo‘lgani haqidagi xabar e’lon qilindi.

Jamiyat

Kerak joyda topilmaydigan YPX xodimlari yoki haydovchilarning arzini kim eshitadi?

IIV YHX boshqarmasining yana bir tushunarsiz ishi mashinalarning yoritish tizimi bilan bog‘liq.

Andijonlik fuqaroga elektrdan 17 million so‘m noreal qarzdorlik yozildi

Ammo tekshirishlar jarayonida unga 5,8 million emas, balki 17 million noreal qarzdorlik yozilgani ma’lum bo‘ldi.

Pensiya jamg‘armasiga yangi ijrochi direktor tayinlandi

U ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Surxondaryoda noqonuniy qurol sotgan shaxs ushlandi

Ayni paytda N.Mullayevga nisbatan O‘zbekiston Republikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangi qonun qabul qilindi. Nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Nukus pedagogika instituti rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shuningdek, Davlat komissiyasining 8-sonli bayonida 7,0 dan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar taqsimoti bo‘yicha Nukus davlat pedagogika institutiga Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlari kesimida jami 69 nafar talaba qabul qilish ko‘rsatilganligiga qaramasdan, ballar ketma-ketligiga muvofiq ravishda amalga oshirilmagan holatlari aniqlangan.

«Prezidentga rahmat!» Tojikiston bilan chegarada yana bir muhim post ochildi (video)

Tojikistonning Xatlon viloyatini O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati bilan bog‘lovchi «Gulbahor» nazorat-o‘tish punktining ochilishi Tojikiston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududida yashovchilar uchun haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Chunki ularning ko‘pchiligi chegaraning narigi tomonida istiqomat qiluvchi qarindoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatidan mahrum edi.

Madaniyat

O‘zbekistonlik 100 nafar san’atkor Tojikistonda! (video)

Internetda o‘zbekistonlik san’atkorlarning Tojikiston poytaxtiga yetib borgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» charter reysi orqali 6 mart kuni 100 dan ortiq o‘zbek qo‘shiqchilari, raqqoslari va musiqachilari Dushanbega yetib borishdi.

Texnologiya

Ingliz tili grammatikasini tez o‘zlashtirishga yordam beradigan mobil dastur taqdim etildi

Ikkinchi bosqich yangi grammatik qoidalar bilan tanishishdan iborat. Buning uchun «Simpler» gap tuzilmasini bloklar ko‘rinishida taqdim etadi, bu esa o‘z navbatida xotirada yaxshi saqlanib qoladi.

«UMS» kompaniyasi bahorning o‘zidayoq 9 ta yangi tarifni taqdim qiladi

Ularning ikkitasi 2018 yilning 7 mart kuni taqdim qilindi. Endi yana yettita yangi tarif rejasi ishga tushiriladi.

«Mol-mulk solig‘i kalkulyatori». Yagona portalda yangi xizmat ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat soliq qo‘mitasining «Mol-mulk solig‘i kalkulyatori» xizmati yo‘lga qo‘yildi.

«Telegram»dagi o‘chirib yuborilgan yozishmalarni qayta tiklasa bo‘ladimi?

Tasodifan yoki ataylab «Telegram»dagi barcha yozishmalar tarixini o‘chirib yubordingiz, biroq u yerda sizga kerakli narsalar borligi birdan yodingizga tushdi…

«Bilayn»ga abonentlarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha ko‘rsatma berildi

«Unitel» MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining mobil aloqa xizmatlarini sifatli va o‘z vaqtida taqdim etish bo‘yicha qonuniy va normativ hujjatlar talablari hamda iste’molchilarning huquqlari buzilgan.

Sport

Milliy olimpiya qo‘mitasi MMA federatsiyasini tan olmaydi

«O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi shuni ma’lum qiladiki, ushbu federatsiya tuzilishi oldidan na Milliy olimpiya qo‘mitasi, na O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabardor qilingan. Qolaversa, bu federatsiya ayni paytda yuridik jihatdan xech qanday kuchga ega emas.

O‘zbekiston OTJning Saudiya bilan o‘yini bekor qilindi. O‘rniga «kuchliroq» termaga qarshi o‘yin o‘tkaziladi

Shu sababdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston OTJ uchun kuchliroq raqib topish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirdi va Afrikaning kuchli terma jamoalaridan biri bo‘lgan Keniya U-23 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Dunyo

«Qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi»: Kim Chen In va Tramp uchrashuviga doir yangi tafsilotlar

Avvalroq Shimoliy Koreyada bo‘lib qaytgan Janubiy Koreya delegatsiyasining Vashingtonga tashrif buyurgani va Trampga Kim Chen Inning uchrashish haqidagi maktubini topshirgani ma’lum qilingandi.

Gretsiya taksichilari «Uber»ga qarshi namoyish o‘tkazmoqda

Mahalliy taksichilar noroziligi va qonunchilik talablari sababli «Uber» Tailand, Braziliya, Vetnam va Ispaniyada taqiqlangan.

Qaddafiyning milliardlari qayerda?

11 milliard yevro pul sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan. Eng qizig‘i, Belgiya hukumati 2011 yilda BMT tomonidan muzlatilgan bu hisob raqamlarni yechmaganini bildirgan.

Tavsiya qilamiz

O‘zbekiston fransuz sayyohi nigohida. 1956 yil

Moskva — Toshkent yo‘nalishida samolyot darchasidan ko‘p marta suratga oldim. Qaysidir vaqtda biz maxfiy lagerlar ustidan uchdik, o‘sha paytda styuardessa suratga olishni taqiqladi. U kokpitga qaytganida men suratga olishda davom etdim. Tarjimon yoki boshqa shaxslar meni bu ishimdan qaytarishmadi».

Komissiya «mudhish xato»ni topdi

Butun dunyoda shunday. Jamoatchilik nazorati, qonun ustuvorligini ta’minlash, barcha jabhalarda adolat mezonlarinining barqarorligini saqlash borasida davlatga jurnalistika kabi boshqa birorta soha yelka tuta olmaydi. Bu — kasbimizning muqaddas qonuni.

Matbuotning kuchi nimada?

O‘tgan davrda faqat umid qilmadik, tegishli idoralarga murojaat qildik, biroq hammasi foydasiz bo‘lmoqda. Qisqasi, qachon Qibray yoki Zangiota tumanida «Kamolot uyi» qurilsa, navbat bo‘yicha uy olishimiz «tushuntiriladi».

O‘zbekka tepadan buyruq kelishi kerak!

Hozir O‘zbekistonda 5000 emas, 50 000 artist bo‘lsa ham barchasiga to‘y topiladi. Oldinlari kelin to‘ydan keyin qaynona-qaynotaning uyiga kelgan bo‘lsa, hozir kelin-kuyov to‘ydan keyin yangi qvartiraga borishlari majburiydir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring