Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tonirovka»ni onlayn rasmiylashtirish juda oson (video)

«Tonirovka»ni onlayn rasmiylashtirish juda oson (video)

Foto: Xabar.uz

Ayni kunlardagi jazirama issiqda hujjat ishlari bilan ko‘chada yurish, navbatlarda turish hech kimga yoqmasa kerak. Aslida bunga hojat ham yo‘q.

Siz «tonirovka» uchun ruxsatnomani 1 iyuldan my.gov.uz orqali hech qanday navbatlarsiz onlayn rasmiylashtiring. Yana 10 foizlik chegirmani ham qo‘lga kiriting.

Prezident topshirig‘i bilan 1 iyuldan:

  • avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilingan (bepul);
  • old va old yon oynalarini to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtirilgan;

Mazkur o‘zgarishlar 1 iyuldan kuchga kirishini inobatga olib, my.gov.uz da ushbu xizmatdan 1 iyuldan to‘laqonli foydalanish mumkin.

Ruxsatnomani ko‘cha-ko‘yda pul evaziga rasmiylashtiraman deb, shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalar qo‘liga topshirib qo‘ymang.

Ruxsatnomani shaxsan o‘zingiz rasmiylashtirib ko‘ring.

Aslida bu siz o‘ylagandan ham oson, qulay va ishonchli!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring