Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Topishda yordam bering!

Topishda yordam bering!

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB bedarak yo‘qolganlarning qidiruvida ko‘mak so‘radi.

1965-yilda tug‘ilgan Shukurov Taxir Tulkunovich, 2021-yilning dekabr oyida Sergeli tumanida joylashgan uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 170-175 sm, o‘rtacha gavdali, sochi qora, oq oralagan, ko‘zi qora, qoshi qora, yoysimon, burni va labi o‘rtacha, yuzi dumaloq, peshonasi katta.

1999-yilda tug‘ilgan Otaboyev Boburbek Olimjon o‘g‘li, joriy yilning 21-aprel kuni Mirobod tumanida joylashgan mehmonxonadan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 170-175 sm, ozg‘indan kelgan, sochi kalta, qora rangda, ko‘zlari jigarrang, jag‘ining pastki qismida chandig‘i bor, o‘ng tomon labining pastida xoli bor.

«Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring