Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor tayinlandi

Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor tayinlandi

Xodjayev Baxshillo Kamolovich Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimiga tayinlandi.

Baxshillo Xodjayev 1982-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavr bosqichini, 2006-yilda magistratura bosqichini, 2018-yilda Nagoya (Yaponiya) universitetining  doktoranturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004-yilda «Mezon xususiy xizmati» advokatlik firmasi advokat yordamchisi lavozimidan boshlagan.

Tayinlovga qadar (2022-yildan) Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring