Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent yerusti metrosida o‘zgarishlar e’lon qilindi

Toshkent yerusti metrosida o‘zgarishlar e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

25-noyabr sanasidan «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishining Texnopark (Do‘stlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari ish rejimi soat 6:00 dan 22:00 ga qadar tashkil etiladi.

Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi. 

Shuningdek, Tuzel (3-bekatidan) Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha bo‘lgan bekatlar oralig‘ida ish rejimi o‘zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida: 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Tuzel-Quruvchilar bekatlari oralig‘ida bir tomonlama poyezdlar harakati tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring