Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 24-aprel kuni tongda berilgan signal bo‘yicha Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar bosh shtabi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamkorligidagi o‘quv dasturiga ko‘ra, 24–25-aprel kunlari Toshkent viloyatining chegara hududlarida navbatdagi hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari bo‘lib bo‘lib o‘tadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida tashkil etilgan taktik o‘quvlarga jami 500 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar, 100 dan ortiq harbiy texnika, shuningdek, Havo xujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy xavo kuchlarining vertolyot aviatsiyasidan 4 ta uchish apparati jalb etilgan.

Kunning ikkinchi yarmida Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari bilan birgalikda noqonuniy qurollangan shartli jangarilar to‘dasini yo‘q qilish operatsiyasi o‘tkazildi.

Caption

Amaliy mashg‘ulotlar harbiy boshqaruv organlari o‘rtasida jipslikni ta’minlash, qo‘shinlar, shtab va qo‘mondonlik tarkibida amaliy ko‘nikmalarni yanada shakllantirishdan iborat.

Hamkorlikdagi mashqlarning 2-bosqichi ertaga, 25-aprel kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring