Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi shiddat bilan o‘smoqda

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi shiddat bilan o‘smoqda

Foto: Xabar.uz

Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha nechta yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 63,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 25,1 mln nafarga ko‘p.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 700,8 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan bo‘lib, 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 64,7 foizga oshgan.

Avvalroq Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yengil turdagi metropoliten barpo etilishi ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring