Toshkent – Olmaota poyezdi chiptalariga chegirma joriy qilindi. Narxlar tushishi kutilmoqda

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Qazaqstan temir joli milliy kompaniyasi» rahbariyati ishtirokida o‘zaro chiptalar narxini pasaytirish masalasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, 2019-yil 1-avgustdan boshlab «Qazaqstan temir joli» milliy kompaniyasi» AJ tomonidan Toshkent – Olmaota – Toshkent yo‘nalishidagi tezyurar «Tulpar-Tal’go» poyezdining chiptalariga belgilangan tarif bahosiga qo‘shimcha chegirmalar berilishiga qaror qilindi. Xususan, mazkur yo‘nalishga poyezd yo‘nashidan 0-5 kun oldin chipta xarid qilinsa SV hamda kupe turidagi vagonlarga – 25 foiz, o‘rindiqli vagonlarga – 15 foiz, qo‘shimcha yig‘imlarga – 53 foizli chegirma beriladi.
Shuningdek, yaqin kunlarda «Tulpar – Tal’go» poyezdining chipta narxlarini pasaytirish masalasi yana qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter