Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi murojaat bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi murojaat bilan chiqdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar hokimligi aholiga murojaat bilan chiqdi.

Aytilishicha, 8-aprel kuni 20-motomavsum ochilishi o‘tkaziladi. Shu munosabati bilan motosayyohlarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi va poytaxtimizdagi bir necha ko‘chalar soat 12:00 dan 13:00 gacha yopiladi:

• Cho‘pon ota ko‘chasi yaqinidagi avtoturargohdan Yettiterak ko‘chasi bo‘ylab O‘zbekiston shoh ko‘chasi bilan kesimasigacha;
• Yettiterak ko‘chasining O‘zbekiston shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan shoh ko‘chaning Buxoro ko‘chasi kesishmasigacha (Kosmonavtlar metro bekati);
• Buxoro ko‘chasi Kosmonavtlar metro bekatidan Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
• Alisher Navoiy ko‘chasi Buxoro ko‘chasidan Furqat ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
• Furqat ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasidan Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
• Furqat ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan «Milliy» stadionining asosiy kirish qismi oldidagi maydonchagacha.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring