Toshkent shahrining ikki tumani vaqtincha elektrsiz qoladi

Toshkent shahri Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 2-iyul kuni elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» xabar berdi.
Shu kuni hududlardagi 2 ta podstansiyaning yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli soat tonggi 05:00 dan 08:00 ga qadar elektr enegriyasi o‘chiriladi.
Elektr bo‘lmaydigan manzillar haqida to‘liq ma’lumot bu yerda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter