Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent, Sirdaryo va Samarqandda dollarfurushlarga qarshi reydlar o‘tkazildi

Toshkent, Sirdaryo va Samarqandda dollarfurushlarga qarshi reydlar o‘tkazildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani bo‘limi va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.A. fuqaro Q.Sh.ga 3 900 AQSh dollarini 49,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Yangiyer shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.B. va K.B. fuqaro T.A.ga 3 500 AQSh dollarini 43,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 3 500 AQSh dollari va 8,8 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Toyloq tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.S. fuqaro Sh.X.ga 2 700 AQSh dollari va 50 000 Rossiya rublini 42 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 2 700 AQSh dollari va 60 600 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring