Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 230 ming dollarga yer sotayotganlar ushlandi

Toshkent viloyatida 230 ming dollarga yer sotayotganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bo‘stonliq va Yangihayot tumanlari hududidan yer maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar A.A., R.A. va I.S. (muqaddam sudlangan) o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ga tumandagi “Xo‘jakent” MFY hududidan 20 sotix yer maydonini hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishlari evaziga 230 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.I. fuqaro M.O.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “Yangi Gulzor” MFY hududidagi 18 sotix yer maydonini 200 000 AQSh dollari evaziga egalik huquqini beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring