Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida fleshmob: «Huquqiy bilimlar kuni»

Toshkent viloyatida fleshmob: «Huquqiy bilimlar kuni»

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 12-oktyabr kuni Chirchiq shahrining «Mashinasozlar istirohat bog‘ida 1000 nafardan ortiq yoshlar va tadbirkorlar ishtirokida «Huquqiy bilimlar kuni» fleshmobi o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etganlarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini rag‘batlantirish uchun yoshidan kelib chiqqan holda test savollari tarqatildi hamda turli tanlovlar va viktorinalar tashkil etildi.

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Huquq bilimdonlari», Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida «Saylov bilimdoni» tanlovi o‘tkazildi.

Viktorina va savol-javoblarda faol ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan 50 nafar qatnashchiga maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda malakali notariuslar va advokatlar tomonidan 40 nafardan ortiq qatnashchiga bepul huquqiy maslahatlar berildi.

Viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, ish beruvchi tashkilotlar tomonidan band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.

Huquqiy bilimning minimum darajasidan kelib chiqib, yo‘l harakati qoidalaridan o‘quvchilarni xabardor qilish maqsadida YHX viloyat boshqarmasi xodimlari ham o‘zlarining ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari bilan ishtirok etishdi.

Chirchiq shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi fleshmobda ishtirok etayotgan aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratdi.

Markaz tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, bolalarga maktabgacha ta’lim muassasasiga yo‘llanmalar berish kabi 20 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring