Toshkent viloyatining yana bir tumanida rahbar o‘zgardi
Adliya maslahatchisi Rashidov Muzaffar Abrorovich Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.
Muzaffar Rashidov 1987-yili Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq Yangiyo‘l tumaniga yangi hokim tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter