Toshkentda inversiya hodisa kuzatilmoqda: «O‘zgidromet» ma’lumoti
Poytaxtda havo sifati yomonlashdi. «O‘zgidromet» Toshkentda havo ifloslanishi sababinini ma’lum qildi.
Kechadan boshlab hududimizga nisbatan sovuq havo oqimi kirib kelishni boshlagan. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida shamol deyarli kuzatilmayapti. Xususan, kechasi (+3…+5°C) va kunduzi (+11…+15°C) o‘rtasidagi keskin harorat farqi ertalabki tuman va harorat inversiyasi shakllanishiga sabab bo‘ldi.
Ayni damda shahar nisbatan salqin havo massasi ta’siri ostida bo‘lib turibdi, yog‘ingarchilik kutilmayapti.
Ushbu meteorologik omillar ta’sirida atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida havo almashinuvi sekinlashdi, bu esa ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini cheklamoqda. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosfera havosida mayda dispers zarrachalar (PM2.5 va PM10) konsentratsiyasining oshishi kuzatilmoqda, deyiladi xabarda.
Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, ertadan boshlab kutilayotgan yog‘ingarchiliklar havo sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib keladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter