Toshkentda 170 yilda kuzatilmagan issiq: havo harorati qachon pasayadi?

17-may kuni shimolda, 18-may kuni respublikaning boshqa hududlarida havo harorati sezilarli pasayadi.
Bahor jaziramasi ortidan g‘arbdan sovuq havo oqimlarining kirib kelishi kelayotgan 3—4 kunlikda respublikada bahor jaziramasidan so‘ng haroratni +40 likdan bir muddatga +30... +33 likka pasaytiradi.
Tunda xam xarorat sezilarli pasayadi. O‘zgidromet 17—19 may uchun ishlab chiqqan prognozida bu kabi manzara to‘liq aks etgan. 19 may tongi shimolda harorat +10 darajagacha pasayib ketishi keltirilgan.
"Aytmoqchi, 17-18-may kunlari issiq havo oqimidan so‘ng navbatdagi sovuq xavo oqimining mintaqaga kirib kelishi hududlarda davomli kuchli shamol va chang to‘zonlarini havoga ko‘taradi. Ehtimoliy ayrim hududlarda chang bo‘ronlari (hatto kinolardagidek) kuzatilishi mumkin", deya yozadi iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
Ertaga poytaxtda so‘nggi 170 yillikdagi may oyida hech qachon kuzatilmagan eng yuqori harorat rekordi yangilanishi mumkin. Poytaxt uchun may oylarida mutlaq eng yuqori harorat +39.9 darajaga teng bo‘lgan.
Ertaga bu qiymat poytaxtda yangilanishi mumkin. Chunki, O‘zgidromet ertangi kun uchun poytaxtga +39...+41 darajali issiqlik kutilmasini e’lon qildi. Jazirama issiq poytaxtda shanba kuni ham davom etadi. Jumadan shanbaga o‘tar kechasi Toshkentda tunda aholi issiq va dim havodan juda qiynalishi mumkin.
Yakshanba kuni esa poytaxtliklar juma va shanba kuniga nisbatan haroratni 10 darajagacha pasayib ketishiga guvohi bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter