Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda dron savdosi bilan shug‘ullanayotganlar qo‘lga tushdi

Toshkentda dron savdosi bilan shug‘ullanayotganlar qo‘lga tushdi

10-oktyabr kuni fuqaro O.Shukurovning arizasiga asosan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmalari xodimlari hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Unda Toshkent moliya institutining 1-bosqich talabasi Shahboz Abduhafizov Toshkent shahrida o‘ziga tegishli bo‘lgan «SG700-D» uchuvchisiz uchish qurilmasini (dron) 1 million 500 ming so‘mga arizachiga sotish maqsadida, ruxsatnomasiz uchirib foydalanilayotgan vaqtida ushlanib, huquq tartibot idoralari tomonidan ushbu qurilma protsessual tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Bu kabi noqonuniy holatlar yana bir necha fuqarolar tomonidan ham sodir etilgan.

Jumladan, 19-oktyabr kuni 1994-yilda tug‘ilgan, tasvirga olish operatori, Toshkent shahrida yashovchi Salohiddin Hoshimov Sirdaryo shahridagi «Peng-sheng» qo‘shma korxonasiga qarashli istirohat bog‘ida o‘ziga tegishli «Phantom 4 PRO Opsidian» nomli dronni tegishli ruxsatsiz to‘y marosimini tasvirga olish maqsadida uchirayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, S.Hoshimov ushbu qurilmani 100 AQSh dollari evaziga to‘y marosimini suratga olish uchun olib kelgan. Afsuski, mo‘may pul topish niyatida o‘ylamay qilingan bu ish S.Hoshimovga qimmatga tushdi.

Bundan tashqari, fuqaro Muzaffar Jurabayev ham o‘ziga tegishli bo‘lgan «Phantom 4 pro plus opsidian edition» nomli dronni xaridor bilan 1000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ruxsatnomasiz uchirib foydalanilayotgan vaqtida qo‘lga olingan hamda ushbu qurilma tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslaga nisbatan ham tegishli jazo choralari qo‘llanildi: Guliston shahar ma’muriy sudida ob’yektlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1162-moddasi bilan aybdor deb topilib, uchuvchisiz uchish qurilmasi davlat hisobiga musodara qilinib, yuqorida nomlari tilga olingan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari qiymatida jarima jazosiga tortildilar.

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, jinoyat, jinoyat protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonuniga muvofiq JKning 2444-moddasida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanganlik uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, ushbu qonunga asosan JKning 2481-moddasida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring