Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Securex Uzbekistan 2022» ko‘rgazmasi ochildi (foto)

Toshkentda «Securex Uzbekistan 2022» ko‘rgazmasi ochildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentda 13-Markaziy Osiyo Xalqaro «Xavfsizlik va mudofaa. Qo‘riqlash va yong‘inga qarshi himoya uskunalari va tizimlari. Qutqaruv uskunalari va shaxsiy himoya texnologiyalari – Securex Uzbekistan 2022» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

«Securex Uzbekistan 2022» ko‘rgazmasi qo‘riqlash, xavfsizlik, yong‘inga qarshi kurash va tegishli sohalarda ishlaydigan mutaxassislar uchun uchrashuv joyidir. Ko‘rgazmada namoyish etilgan asbob-uskunalar va xavfsizlik texnologiyalaridan aholini tabiiy ofatlar, ehtimol texnogen hodisalar va falokatlardan, shuningdek, terroristik hujumlardan himoya qilishning samarali tizimini yaratish uchun foydalanish mumkin, bu davlatning barqarorligi va insonlarning xavfsizligi va istiqbollariga bo‘lgan ishonchi uchun katta ahamiyatga ega.

Bu yil ko‘rgazmada HIKVISION (O‘zbekiston/Xitoy), Katod (Rossiya), Radmetron (Belarus Respublikasi), Regula (Belarus Respublikasi) kabi 16ta kompaniya ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada har bir mutaxassis huquqni muhofaza qilish idoralari uchun ikki maqsadda ishlab chiqarilgan eng so‘nggi mahsulotlar bilan tanishishi mumkin: tungi ko‘rish moslamalari, qo‘riqlash va yong‘inga qarshi uskunalar, radiatsiya monitoringi uskunalari; hujjatlar, banknotlar va qimmatli qog‘ozlarning haqiqiyligini tekshirish uchun ekspert mahsulotlari; majmuaviy xavfsizlik mahsulotlari va yechimlari, videokuzatuv tizimlari, perimetrni qo‘riqlash uchun uskunalar, kirib-chiqishni boshqarish va nazorat qilish tizimlari va boshqalar.

Ko‘rgazmaning yorqin namoyishlaridan biri O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan AKSUM harbiy sanoat kompaniyasining yuqori sifatli, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan harbiy zirhli mashinalarining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu namoyish ko‘rgazma ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Solijon Zoirov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring