Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda hayit namozi munosabati bilan harakat cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentda hayit namozi munosabati bilan harakat cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2025-yilning 6 iyun kuni poytaxtdagi 122 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6 iyun soat 00:00 dan 08.00 gacha poytaxtning qator ko‘chalari va yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati:

Mirzo Ulug‘bek tumani

  • «To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li — Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani

  • «Xo‘ton» masjidi oldidagi Bektemir shohko‘chasi — Husayn Boyqaro ko‘chasidan, Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani

  • «Islomobod» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi, KHAY — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi, Qorasaroy — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy — Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Do‘stjonboy» masjidi oldidagi Sag‘bon — Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li — Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani

  • «Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Xo‘ja Allambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor — Kamolon ko‘chalari chorrahasidan, Kamolon — Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi, Nurafshon — Sebzor ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon — Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani

  • «Ubay ibn Ka’b» masjidi oldidagi Al Xorazmiy ko‘chasi, Al Xorazmiy — Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Al Xorazmiy — Katta qani chorrahasigacha.
  • «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi, Al Xorazmiy — So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan, Xonabod 2-berk ko‘chasidan — So‘galli ota ko‘chasigacha.
  • «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor — Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan, Oliy Majlis binosi qarshisigacha.

Uchtepa tumani

  • «Abdulloh ibn Ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi, Lutfiy — Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Lutfiy — Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Hazrati Ali» masjidi oldidagi Nazarbek — Mahorat ko‘chalari chorrahasidan, Nazarbek — Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani

  • «Minor» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi, KHAY — Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan, KHAY — Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
  • «Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasidan, Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani

  • «Usmon bin Ma’zun» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi, KHAY — Qushbegi chorrahasidan, KHAY — Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Sergeli tumani

  • «Nurul Islom» masjidi oldidagi THAY — Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, THAY — Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani

  • «Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li — Fitrat ko‘chalari chorrahasidan, Farg‘ona yo‘li — Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani

  • «Qo‘yliq ota» masjidi oldidagi THAY ko‘chasi — Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan, THAY — Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 6-iyun kuni Toshkent shahridagi jamoat transportlari ya’ni avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring