Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda isitish tizimi narxlari tasdiqlandi

Toshkentda isitish tizimi narxlari tasdiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Issiqlik ta’minoti tariflari tasdiqlandi. Unga ko‘ra aholi va tadbirkorlar uchun narxlar o‘zgarmaydigan bo‘ldi.

Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi 2022-2023-yillar isitish mavsumi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini tasdiqladi. Jismoniy shaxslar shuningdek kichik, o‘rta va yirik biznes uchun tariflar avvalgi holda qoladi.

Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun chakana tariflar quyidagicha:

  • aholi uchun - 91 960 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda);
  • kichik, o‘rta va yirik biznes uchun - 141 737 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda).

Budjet tashkilotlari uchun chakana tarif – 502 067 so‘m/Gkalni tashkil qiladi. Ushbu tarif e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib, ya’ni 2022-yil 21-oktyabrda kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, bazaviy va chakana tariflar o‘rtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy budjeti hisobidan subsidiyalanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini 2022-yil 1-iyuldan boshlab Fransiyaning Veolia kompaniyasiga tegishli «Veolia Energy Tashkent» MChJ XKning sho‘’ba kompaniyasi 30 yil  davomida boshqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring