Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda issiqlik va issiq suv narxi qimmatlashdi

Toshkentda issiqlik va issiq suv narxi qimmatlashdi

Foto: Xabar.uz

Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv narxi qimmatlashdi. 

Toshkent shahar hokimining «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlar (tariflar)ni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2024-yil 2-apreldan aholiga issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun tariflar 15 foizga ko‘tarilgan.

«Ma’lumot uchun, issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun yangi tariflar avval xabar qilganimizdan farqli o‘laroq isitish mavsumi tugagan kundan bir kun o‘tib, ya’ni 27-martdan emas, balki yuqorida aytib o‘tilganidek Toshkent shahar xokimining tegishli qaroriga asosan 2024-yil 2-apreldan kuchga kirdi.

Agar siz 27-martdan 2-aprelgacha issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun oshirilgan stavkalarda to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsangiz, to‘langan oshiqcha summa avans sifatida hisobga olinishini ma’lum qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring