Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslar qidirilmoqda

Toshkentda og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslar qidirilmoqda

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Toshkent shahar IIBB tomonidan poytaxtda og‘ir jinoyat sodir etib, dastlabki tergovdan yashirinib yurgan 1983-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Allaberganov Jamshid Usmonovich qidirilmoqda.

Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi. 

Agar siz ushbu shaxs haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz quyidagi telefon raqamlariga xabar berishingiz mumkin:

71-281-92-54, 98-124-00-50, 97-710-49-94, 97-156-78-87.

Shuningdek, bir qancha jinoyatlar sodir etib, dastlabki tergovdan yashirinib yurgan 1997-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Normatov Azizjon Axmadjon o‘g‘li hamda 1997-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan Abdujabborov Saida’lo Abduvali o‘g‘li qidirilmoqda.

Agar siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz quyidagi telefon raqamlariga xabar berishingiz mumkin:

71-233-71-47, 71-281-92-54, 98-124-22-26, 90-951-36-64.

Maxfiylik kafolatlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring