Toshkentda qozonxona rahbarining noqonuniy biznesi fosh qilindi

«Toshissiqquvati» DUKga qarashli «Sanoat Energiya» qozonxonasi 571 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangan.
Bu o‘rtacha 950 ta xonadonning bir oylik tabiiy gaz iste’moli hajmini tashkil etadi.
Mazkur qozonxona orqali Sergeli tumanining aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlari issiqlik energiyasi (issiq suv va issiqlik ta’minoti) bilan ta’minlanadi.
«Sanoat Energiya» qozonxonasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan strategik ob’yekt bo‘lganligini inobatga olib, ushbu ob’yektni bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida (boshqa tashkilotlarni tabiiy gazdan uzgan holda) uzluksiz ravishda tabiiy gaz yetkazib berilgan.
Shunga qaramasdan, korxona rahbari tomonidan qozonxonaga kirish gaz quvuriga qozonxonaning gaz hisobdonidan oldin o‘zboshimchalik bilan ulanib, qozonxona hududidagi binoda tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangan holda, ohak ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi aniqlandi.
Ko‘rik vaqtida binoda jami 12 ta (15 mm.lik uchi bukilgan truba) nostandart gaz yondirgichlari bilan jihozlangan, o‘lchamlari 3x5 metr bo‘lgan 2 ta xumdonlarda ohak mahsuloti tayyorlanayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Aniqlangan holat yuzasidan «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali tomonidan amalga oshirilgan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 571,3 million so‘m (571,3 ming kub metr tabiiy gaz) zarar yetkazilganligi aniqlanib, birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter