Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qurilgan ko‘p qavatli bino buzilishi mumkin

Toshkentda qurilgan ko‘p qavatli bino buzilishi mumkin

Toshkent shahri Uchtepa tumanida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi eskiz loyihasiga rioya qilinmagan holda qurilayotgani aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahar Uchtepa tumani «23-Mavze» hududida buyurtmachi «Max group house» MChJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi qurilishi Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.

Ob’yektda qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida 2021 yilda nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yuborilgan. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining tegishli xulosasi bilan bino eskiz loyihasi 3 qavatga kelishilgan. 2021 yilda esa ushbu ob’yektda loyihadan chetga chiqqan holda qo‘shimcha qavatlar qurilishi aniqlangan.

Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan tadbirkorga bir necha mata yozma ko‘rsatma hamda ogohlantirish xatlari berilishiga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirgan tadbirkor Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi tegishli bandlari asosida javobgarlikka tortilgan hamda ushbu ob’yekt yuzasidan Sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan, deyiladi xabarda.

«Sudga qo‘shimcha qurilgan binoni buzish bo‘yicha da’vo arizasi kiritilgan. Bino 12+1 qavatdan iborat ekan. Buni o‘sha kuni o‘rganish olib borgan vaqtimizda aniqladik», — deya «Gazeta.uz»ga ma’lum qilgan vazirlik xodimi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring