Shafqatsizlarcha kaltaklangan kar-soqov xizmatkorga himoya orderi berildi — IIBB
Kuni kecha imkoniyati cheklangan 24 yoshli Mohizoda V.ga shafqatsizlik qilinganligi fakti bo‘yicha Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110 moddasi 2 qismi «v» bandi (Qiynash, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi 28 yoshli Mumtozbegim D. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 227- moddasiga asosan qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, Mirobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor tomonidan Mohizoda V.ga himoya orderi topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter