Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda uy-joy narxlari yil boshidan buyon 8-12 foizga qimmatladi

Toshkentda uy-joy narxlari yil boshidan buyon 8-12 foizga qimmatladi

Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari  2021-yil avgustdan 2022-yil iyulgacha bo‘lgan davr uchun Toshkent shahrida uy-joy narxlari o‘zgarishini tahlil qildi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bozorida oldi-sotdi shartnomalari soni 2022-yil 7 oyida salkam 49 ming tani tashkil etdi (bu Respublika bo‘yicha tuzilgan bitimlarninig  27 foiz) va o‘tgan yilning mos davriga (48,3 ming) nisbatan deyarli o‘zgarmadi. 

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2022-yilning iyul oyida Toshkent shahrida eski uylar narxlari 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 12 foizga, yangi uylar esa 8,3 foizga oshdi.

Qayd etilishicha, joriy yil may oyidan beri birlamchi bozorda ham (1 m.kv. uchun maydagi 943,6 dan iyulda 919,9 AQSh dollariga), ikkilamchi bozorda ham (891,1 dan 882,6 AQSh dollariga) narxlar tushib kelmoqda. 

Jumladan, Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Mirzo-Ulug‘bek,  Chilonzor va Yunusobod tumanalarida uylar narxlari Toshkent shahri bo‘yicha o‘rtacha narxidan (yangi uylar - 1 m.kv. 957,2 AQSh dollari, eski uylar - 888,3 AQSh dollari) yuqori. Eng past narxlar esa Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatilgan.

«Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozorida uy-joyga bo‘lgan talab deyarli o‘zgarishsiz qolgan bir paytda narxlarning oshishi qurilish kompaniyalari va mulk egalarining inflyasiya va so‘m almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari bilan izohlanishi mumkin», – deyiladi ekspert tahlilida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring