Toshkentda xorijiy va mahalliy turistlar uchun maxsus yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatilmoqda

Toshkent shahrida xorijiy va mahalliy turistlarning mo‘ljallagan manzillariga tez va oson yetib olishlarini ta’minlash maqsadida, xorijiy mehmonlar boradigan maskanlarda va avtomagistrallar bo‘yida o‘zbek va ingliz tillarida axborot beruvchi yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 22-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisida ushbu yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish vazifasini topshirgan edi.

Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida Toshkent shahrida joylashgan 25 ta turizm tomosha ob’yektlariga olib boruvchi yo‘llar bo‘yida ingliz va o‘zbek tillarida yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
Joriy yilning oxiriga qadar 150 dan ortiq yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter