Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana bir masjid qayta ta’mirdan so‘ng ochildi (foto)

Toshkentda yana bir masjid qayta ta’mirdan so‘ng ochildi (foto)

Foto: «Azon.uz»

Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan «Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja» jome masjidida qayta ta’mirlash ishlari o‘z nihoyasiga yetgani munosabati bilan, bugun, 2019-yilning 30-mart kuni binoning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Azon.uz» xabar berdi.

Foto: «Azon.uz»

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov, tuman bosh imom-xatiblari hamda ko‘plab Allohning baytini ziyorat qilish maqsadida kelgan mahalliy aholi vakillari qatnashdi.

Tadbir Qur’on tilovati va xayrli duolar bilan boshlanib, tashrif buyurganlarga ehson dasturxoni yozilgan.

Foto: «Azon.uz»

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring