Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyi» ochildi (foto)

Toshkentda «O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyi» ochildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxtimizda 11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Toshkent shahri markazidagi yurtimiz madaniyati va san’atida o‘ziga xos o‘rin tutgan tarixiy bino – sobiq «Sverdlov» nomli konsert zali binosi negizida qaytadan barpo etilgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyi»ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Uni ramziy ma’noda shahar nuroniylari va bir guruh faollar ochib berdilar.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kasaba uyushmalari a’zolari va faollariga bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirida Federatsiya tomonidan amalga oshirilgan turli ijtimoiy loyihalar va ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari taqdirlandilar.

Tantanali tadbirda qator tanlovlarda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarga 3-darajali diplom va Prezident sovg‘asi sifatida «Spark» avtomobili, 2-o‘ringa sazovor bo‘lgan ishtirokchilarga 2-darajali diplom va Prezident sovg‘asi — «Kobalt» avtomobili, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarga esa 1-darajali diplom va Prezident sovg‘asi sifatida «Jentra» avtomobili kalitlari topshirildi.

Tantanali tadbirning taqdirlash qismidan so‘ng taniqli san’atkorlar ishtirokida tashkil etilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni umumxalq bayrami, deb e’lon qilingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring