Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yangi yil bayramlari o‘tadigan joylar e’lon qilindi

Toshkentda yangi yil bayramlari o‘tadigan joylar e’lon qilindi

Bu yilgi yangi yil shodiyonalari o‘tkaziladigan maskanlar ro‘yxati shakllantirildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ro‘yxatga ko‘ra, joriy yilning 22-dekabridan 2020-yilning 8-yanvarigacha Toshkentdagi 14 ta maskanda Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadi:

  • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda «Hayatt Regency» mehmonxonasining oldi maydonida;
  • Shayxontohur tumanidagi «Anhor Lokomativ» bog‘ida;
  • Shayxontohur tumanidagi «Navro‘z» bog‘ida;
  • Chilonzor tumani Algoritm dahasidagi «Roison Electronics» korxonasi old maydonida;
  • Yakkasaroy tumanidagi Pushkin maydonida;
  • Bektemir tumanidagi Madaniyat va aholi dam olish markazining old tomonida;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Bobur nomidagi «Eko-bog‘» hududida;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Central park» hududida;
  • Sergeli tumanidagi «Green park» hududida;
  • Uchtepa tumanidagi «Farhod» dehqon bozorining Kichik xalqa yo‘lidagi turargohi hududida;
  • Yunusobod tumanidagi Toshkent hayvonot bog‘i old maydonida;
  • Yashnobod tumanidagi «Ashxobod» madaniyat va istirohat bog‘i hududida;
  • Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida;
  • Chilonzor tumanidagi «Humo arena» muz saroyining old maydonida.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring