Toshkentda yoz yomg‘iri yog‘di (video)

Toshkentda shamol va qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» bugun respublikamiz hududining katta qismida ob-havo quruq va issiq, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Dam olish kunlari salqin va kam nam havo oqimi butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Barcha joylarda havo bulutli bo‘ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat iyun oyining oxiri uchun qulay bo‘lgan ko‘rsatkich — 27-32 darajagacha pasayadi.
Sovuq front o‘tishi natijasida 26 va 27 iyunda respublikada shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda tezligi 23-28 m/s gacha yetishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter