Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi bir nechta ko‘p qavatli uylarning tayanch devorlari buzilgan — vazirlik

Toshkentdagi bir nechta ko‘p qavatli uylarning tayanch devorlari buzilgan — vazirlik

Toshkentdagi bir nechta ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasi buzilib, tayanch devorlar olib tashlangani aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Jumladan, Yashnobod tumani Tuzel-2 mavzesi 9 qavatli uyda binoning yerto‘la qismi tadbirkorlik maqsadida buzilgani, hatto bino fundamenti o‘zgartirilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Shayxontohur tumani «Labzak» dahasi 1-a uyda binoning yerto‘lasi o‘zgartirilgan. Fuqaro loyiha hujjatlaridan chetga chiqqan holda tayanch devorlari hamda kommunikatsiya tarmoqlari joylashuvini o‘zgartirgan.

Yakkasaroy tumani Sebzor ko‘chasi «Dilbuloq» mahallasida joylashgan 9 qavatli uyning birinchi qavatida mulkdor umumfoydalanishdagi yerto‘laga kirish uchun uyning ichidan plita devorlarini buzgan holda zinapoya o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi. Ko‘p qavatli uyning ichki va yerto‘la qismida o‘zboshimchalik bilan tayanch va tayanch bo‘lmagan devorlar tamomila olib tashlangan. Uydagi deraza-romlarning pastki qismidagi tayanch devorlar ham buzilgan va ustunli soyabon (naves) o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring