Toshkentdagi bozorlarda kunlik patta narxlari oshirildi

Toshkentdagi bozorlarda kunlik bir martalik yig‘imlar va ijara to‘lovlari (patta) narxlari 30 foizgacha oshdi. Bu borada Toshkent shahar hokimining qarorida e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, ho‘l va quruq meva narxlari 15 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha, sabzavot narxi 34 000 so‘mgacha oshirildi, go‘sht mahsulotlari uchun patta narxi esa 42 000 so‘mgacha yetdi.
Shuningdek, qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari savdosida bir savdo o‘rni (joy)ning o‘lchami 1–1,2 pogon metr etib belgilangan. Agar ushbu o‘lchamdan ortiq joy egallansa, qo‘shimcha maydon uchun har bir savdo o‘rni bo‘yicha belgilangan to‘lov miqdorida joy haqi undiriladi.
Turli mahsulotlar aralash holda sotilganda esa, to‘lov sotilayotgan mahsulotlar orasida belgilangan eng yuqori stavka asosida hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter