Toshkentdagi OTMga 3-bosqichdan kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro S.E. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida go‘yoki qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasasining 2 bosqichini tugatganligi to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib berish orqali Toshkent shahridagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga tibbiyot yo‘nalishiga 3 kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 48 mln so‘m pul berishi kerakligini aytib, ushbu pullar hisobidan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter