Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ayrim hududlari elektrsiz qoladi

Toshkentning ayrim hududlari elektrsiz qoladi

Foto: Xabar.uz

Mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 13- fevral kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Mirobod tumani: «Movarounnahr» va «Furqat» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Olmazor tumani: «Abu bakr Shoshiy» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi. 

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tilgan. 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Avvalroq Toshkentning ba’zi hududlari gazsiz qolishi xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring